Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim,
Bo’lib qurbon anga ruhi ravonim.
Gar o’lsam darbadar mazlumlar uchun,
Budur maqsudi qalbi notavonim.
Mani solsa fano yo’liga davron,
Yurur ustimdin avlodi zamonim.
Umidim: yashasin maktab bolasi,
Alar har biri bir she’ri jayonim.
Na yaxshi o’ylakim, ma’qul-u manzur,
Avaz, xalqim uchun to’kulsa qonim.